Atigi bitta gol urgan hujumchi rosa talash bo‘lyapti

  • 30.10.2022 22:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Fichajes nashrining xabar berishicha, “Chelsi”ning yangi xo‘jayini Todd Byoli zaxira o‘rindig‘ida uzoq o‘tirib qolayotgan futbolchilardan qutilishga harakat qilmoqda.

Hujumkor futbolchi Kristian Pulishich har doim ham asosiy tarkibga kiritilmayapti. Todd Byoli amerikalik o‘yinchi bilan xayrlashishga tayyor. Klub rahbariyati jamoa asosan kelajagi porloq yosh o‘yinchilar bo‘lishini istayapti.

Kristian Pulishich joriy mavsumda Angliya premer-ligasi va Evropa Chempionlar ligasida jami 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, atigi bitta gol urdi.

Hujumkor futbolchining samaradorligi past bo‘lishi ga qaramay, xaridorlarning safi kengayib bormoqda. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda to‘rt klub -  “Nyukasl”, “Lids”, “Milan” va “Yuventus” 24 yoshli o‘yinchiga shartnoma berishga tayyor.

Pulishichning “aristokratlar” bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!