Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Atletik Bilbao" - Ispaniya kubogi sohibi!

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

"Atletik" 25-bor ushbu sovrinni ko‘lga kiritdi

Ispaniya kubogi finalida "Atletik" va "Malorka" klublari o‘zaro to‘qnash keldi. 120 daqiqa davom etgan o‘yinda basklar g‘alaba qozondi. 

O‘yinda hisobni Rodriges ochdi, 50-daqiqada esa Sanset farqni yo‘qqa chiqardi. Shundan keyin darvozalar ishg‘ol qilinmadi va penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Unda 4:2 hisobi bilan Valverde shogirdlarining qo‘li baland keldi. 

Shu tariqa, "Atletik" o‘z tarixida 25-bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritmoqda. Mazkur turnirda klubdan faqatgina "Barselona" ko‘proq zafar quchgan (31). 

Rasm

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q