"Atletik" futbolchisi La Ligada noyob rekordni "urdi"

  • 02.10.2021 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Atletik" Bilbao hujumchisi Inyaki Uilyams kecha La Liganing 8-turidan o‘rin olgan "Alaves"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.

Bu 27 yoshli futbolchi uchun bilbaoliklar safida La Ligadagi ketma-ket 203-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa, Uilyams ushbu ko‘rsatgich borasida Ispaniya chempionatida rekord o‘rnatdi.

Inyaki bu borada "Real Sosedad"ning sobiq futbolchisi Xuan Antonio Larranyagni ortda qoldirishga erishdi.

Inyaki Uilyams so‘nggi bor 2016 yilning aprel oyida “Atletik” safida La Liga o‘yinini o‘tkazib yuborgan.

11_7

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!