«Atletiko» Alvaresga o‘rinbosar topdi
«Atletiko» Xulian Al’vares o‘rniga «Bryugge» forvardi Nikolo Tresoldini 80 million yevro atrofidagi narxda olishni ko‘rib chiqmoqda.
«Atletiko» Xulian Al’varresga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida kimni ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi.
Fichajes ma’lumotiga ko‘ra, «matraschilar» «Bryugge»ning 22 yoshli hujumchisi Nikolo Tresoldiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq yozdan buyon futbolchining transfer narxi sezilarli darajada oshgan. Agar o‘tgan transfer oynasida belgililar 40–50 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor bo‘lgan bo‘lsa, hozir klub hujumchini 80 million yevroga baholamoqda.
Manbaga ko‘ra, hozircha «Atletiko» futbolchi transferi bo‘yicha muzokaralarga kirishmagan. «Barselona» va Londonning «Arsenal» klublari esa Tresoldi bilan allaqachon aloqaga chiqqan.
22 yoshli germaniyalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 17 ta uchrashuvda 14 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlar (0)