"Ayb o‘zingda! Klopp "Oltin to‘p" borasida keskin fikrlar bildirdi

  • 30 noyabr, 2021, 20:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Oltin to‘p" uchun kurash borasida jurnalist tomonidan berilgan savolga javob berdi. 

"Ha, Salohning o‘rni meni hayratda qoldirdi, rostini aytsam. Jurnalistlar ovoz berishyaptimi? Unda mendan so‘rama, ayb o‘zingda! 

Siz har doim Messiga "Oltin to‘p"ni topshirishingiz mumkin. Biroq bu safar Levandovskiga ushbu sovrinni bermagan bo‘lsangiz, u boshqa hech qachon ololmaydi. 

Shuningdek, Muhammad yuqoriroqda joylashgan bo‘lishi kerak", - dedi germaniyalik mutaxassis. 

Qayd etish lozim, misrlik futbolchi "France Football" talqiniga ko‘ra "Oltin to‘p" uchun kurashda 7-o‘rinni egalladi.  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!