Ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubog‘i g‘olibi ma’lum

  • 07.12.2025 17:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston kubogi muborak bo‘lsin!

Bugun Qarshi markaziy o‘yingohida Ayollar professional futbol jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi–2025 final bahsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda sevimli "Sevinch" jamoasi "Qizilqum-W" jamoasi ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Natijada "Sevinch" jamoasi 15 karra O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lish bilan birga, tugallangan mavsumda O‘zbekiston chempioni, O‘zbekiston kubogi va O‘zbekiston superkubogi sohibi bo‘lib, trebl qayd etdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!