
Azar "Real" fikridan qaytib qolishidan cho‘chimoqda
Londonning "Chelsi" klubi vingeri Eden Azar rahbariyat uni transferga qo‘yishlarini xohlamoqda.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra belgiyalik futbolchi o‘zining tovon puli miqdori borasida “aristkoratlar” bilan tezroq kelishib olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Azarga Madridning “Real” klubidan jiddiy qiziqishlar mavjud. Biroq, “qirollik klubi”ga bu borada “Chelsi”ning 115 million evrolik talabi ma’qul kelmayapti. Azar esa qimmat narx sabab madridliklar o‘z fikrlaridan qaytib qolishlaridan cho‘chimoqda.
Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum APLda jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va 16ta gol hamda 15ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar