Azar: Zidandan qarzdorman

  • 01.06.2021 15:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Belgiyalik hujumkor yarim himoyachi Eden Azar frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidanning "Real" bosh murabbiyligidan ketishiga munosabat bildirdi.

“Zizuning ketishi haqidagi xabardan xafa bo‘ldim. Men aynan undan ilhomlanishimni o‘zi ham biladi. Biz ikki ajoyib yilni birga o‘tkazdik. Men Zidandan qarzdorman, chunki unga ko‘p narsa bera olmadim”, - dedi Azar Marca nashriga bergan intervyusida.

Frantsiyalik mutaxassi "qirollik klubi"ni 2020/2021 yilgi mavsum oxirida tark etishga qaror qildi. Uning boshchiligida jamoa Ispaniya chempionatida so‘nggi turgacha "Atletiko" bilan chempionlik kurashida ishtirok etdi. Ammo g‘oliblik “matraschilar”ga nasib etdi.

Azar joriy mavsum “Real” safida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!