
Azar: Zidanning "Real"ga qaytganidan xursandman
"Chelsi" klubi vingeri Eden Azar frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidanning yana “Real”ga qaytganidan xursandligini aytdi.
“Men “Real” futbolchisi emasman, lekin Zidanning muxlisi sifatida uning qaytganidan xursandman. Bu “Real” va uning muxlislari uchun yaxshi. Ammo, qolgan jamoalar bundan u qadar ham xursand bo‘lmasligi aniq. Chunki, “Real” Zidan qo‘l ostida juda ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritadi. Shuning uchun ularga qiyin bo‘ladi”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Azarning o‘zi ham yozda “Real”ga ko‘chib o‘tishi haqida turli xabarlar tarqalgan.
Fikrlar