
BAA U-23 bosh murabbiyi: "Xodimlarimiz va futbolchilarimiz kasal bo‘lib qoldi"
Tojikiston U-23 hamda BAA U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda nominal mehmonlar 0:2 hisobida g‘alaba qozondi. BAA olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Denis Silva uchrashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Oxirgi 3 yoki 4 kun ichida xodimlarimiz va futbolchilarimiz kasal bo‘lib qoldi. Ulardan o‘yin oldi ahvollari haqida so‘radim. Yigitlar hammasi joyida ekanini aytdi.
Biroq tanaffus payti ular yaxshi emasligi ma’lum bo‘ldi. Bu qiyin vaziyatdan chiqib keta oldik.
Tojikiston ikkinchi bo‘limda kuchli pressing amalga oshirdi. Darvozabonimiz qiyin ahvolda qoldi. Shunga qaramay, yakunda baribir 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Yigitlar mardlarcha harakat qildi. Buning uchun ularga alohida rahmat aytaman", - dedi mutaxassis.
Fikrlar