Babayan jamoasi Qozog‘iston klubi bilan murosa ko‘chasini tanladi

  • 6 fevral, 2023, 23:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Navbahor" jamoasi ayni paytda Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Tecno

Mazkur yig‘in doirasidagi navbatdagi o‘yinni “Navbahor” bugun xuddi o‘zi kabi Qozog‘iston chempionatining o‘tgan mavsumdagi vitse-chempioni “Aktobe”ga qarshi o‘tkazdi.

Ushbu o‘yinda kuchlar teng kelib, nursiz durang qayd etildi – 0:0. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Lochinlar” navbatdagi nazorat bahsini 12 fevral kuni Rossiyaning “Ufa” klubiga qarshi o‘tkazishni rejalashtirishgan.

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Davronbek Hoshimov, Igor Golban, Milosh Milovich, Luka Chermel, Jamshid Boltaboev, Jamshid Iskanderov, Oston O‘runov, Asadbek Sobirjonov, Jasur Yaxshiboev, Temurxo‘ja Abduxoliqov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Farruh Ikromov, Shohruz Norxonov, Shahboz Jo‘rabekov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Vladimir Kozak, Davron Olimjonov.
“Aktobe” (boshlang‘ich tarkib): Pokatilov, Qasim, Gadrani, Taqjariqov, Shomko, Leo, Eremenko, Keqesov, Samorodov, Baytana, Jumabek.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!