Bachkana savolga oqilona javob! Germaniyada eng xazilkash futbolchi maqomi Myullerdan tortib olinmoqda

  • 22 iyun, 2024, 04:19
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyada Evropa chempionati guruh bosqich o‘yinlarining 2-turi qizg‘in davom etmoqda. Nemislar o‘z uyida bo‘lib o‘tayotgan turnirni Shotlandiya (5:1) hamda Vengriya (2:0) ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi. 

Nagelsmann shogirdlari umumiy hisobda 7 ta gol urib, o‘z darvozasidan 2 ta to‘p olib chiqdi. 

Angliya terma jamoasi hozircha hali o‘zini ko‘rsata olmadi. Jamoa Serbiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Daniya bilan esa 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Vengriya bilan bo‘lib o‘tgan bellashuvdan so‘ng Niklas Fyullkrugga jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida g‘alati savol berildi: "Jud Bellingemning o‘yini sizda qanday taassurot qoldirdi"? Nemis esa ahmoqona savolga to‘g‘ri javob berdi: 

"Men hayratda emasman". 



Jud Bellingem va Niklas Fyullkrug Chempionlar ligasi finalida to‘qnash kelishgani esingizda bo‘lsa kerak. Mazkur bellashuvda Madrid grandi "Borussiya Dortmund"dan kuchliroq bo‘lib chiqdi. Mazkur bellashuvdan deyarli bir oy o‘tdi va endi futbolchlar bor e’tiborini terma jamoaga qaratishgan. Ijtmoiy tarmoqlarda muxlislar Niklasning topqirligi uchun maqtab, nega Germaniya terma jamoasi o‘yinchisidan nemislar hali to‘qnash kelmagan raqib jamoa futbolchisi haqida so‘rashganiga hayron bo‘lishdi. 

Germaniya ayni vaqtda o‘z guruhida birinchi, inglizlar esa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritsa, jamoalar 1/8 finaldayoq o‘zaro bahs olib borishi mumkin. Hozircha har ikki jamoa o‘z guruhlarida etakchilik qilmoqda. Aytgancha, Jud ham Niklas ham mazkur turnirda bittadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 





Fyullkrug nemis futbolidagi eng xazilkash o‘yinchi maqomini Myullerdan tortib olishni maqsad qilgan ko‘rinadi. "Borussiya" hujumchisi "Real"ga qarshi bellashuvda shunday degandi:

"Men Roys Chempionlar ligasida, Kroos esa "Evro-2024"da g‘alaba qozonishiga roziman. Shu tariqa, men ikkala sovrinni ham qo‘lga kiritaman". 

 

 

Karim Xudayqulov
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!