Baena «Real»ning hakamlikdan noroziligiga javob berdi
«Atletiko» Madrid derbisida «Real»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va La Ligada ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
«Atletiko» (Madrid) yarim himoyachisi Aleks Baena Ispaniya chempionati 7-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yindan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatlashdi. Madrid derbisida «Atletiko» o‘z maydonida «Real»ni mag‘lub etdi.
«Biz ehtiyotkor o‘ynadik, xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildik. Tanaffusgacha ayrim pallalarda yaxshi o‘ynadik, ikkinchi bo‘limda esa maydonga boshqa kayfiyatda qaytdik. Jamoa xarakter ko‘rsatdi.
Romero va Li Kan In ishtirokidagi epizodlarmi? Ikkalasi ham to‘p uchun kurashdi. Kristian agressiv uslubda o‘ynaydi, lekin u yerda qizil kartochkaga arziydigan fol yo‘q edi. Sariq kartochka – to‘g‘ri qaror. Haqam o‘yinga ko‘proq davom etishga imkon berdi va shu bilan uchrashuv tomoshabop chiqishiga hissa qo‘shdi», – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» «Real»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va shu g‘alabadan so‘ng La Ligada ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Izohlar (0)