
Bahodir Jalolov WBC yangilangan reytingida top 15 likka kirdi (barcha o‘rinlar)
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Butunjahon boks kengashi (WBC) dekabr oyi bo‘yicha reytingi yangilandi. Boshqa tashkilotlardan farqli o‘laroq, WBC 40 talik reytingni e’lon qiladi. Unda hamyurtlarimiz o‘rinlari bilan tanishing:
Og‘ir vazn: Bahodir Jalolov top 15 likda qayd etildi va 14-o‘rindan joy oldi;
Super o‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug‘ofurov 11-o‘rin, Bektemir Meliqo‘ziev 26-o‘rin;
Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 8-o‘rin;
Yarim o‘rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov 18-o‘rin, Shahram G‘iyosov 21-o‘rin, Jamshidbek Najmitdinov 29-o‘rin;
Super engil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 11-o‘rin; Botir Ahmedov 22-o‘rin;
Birinchi o‘ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do‘smatov 13-o‘rin.
Fikrlar