Bahodir Jalolov AQShda, yana bir bokschimiz u bilan!

  • 21 yanvar, 14:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bahodir Jalolov va Otabek Xolmatov AQShga etib bordi va mashg‘ulotlarga kirishdi

Tecno

Xabaringiz bor, ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov 6 fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. 

Unga o‘sha kuni frantsiyalik Devid Spilmont raqiblik qiladi. Charm qo‘lqop ustamiz Artur Biyarslanov va Mohamed Mimun o‘rtasidagi markaziy jangning anderkardida ishtirok etadi. Jalolov jangiga ikki haftadan sal ko‘proq vaqt qolgan bir paytda AQSh ga etib bordi. 

Bahodir bilan birga yana bir prof bokschimiz Otabek Xolmatov ham Indioga etib bordi va u ham mashg‘ulotlarga kirishdi. Hozircha Xolmatovning jangi bo‘yicha hech qanday ma’lumot yo‘q. Yaqinda yarim engil vazn toifasidagi bokschimizning amerikalik Raymon Fordga qarshi o‘tkazgan jangi The Ring talqini bo‘yicha 2024 yilning eng yaxshi jangi deb topilgandi. Xolmatov WBA kamari uchun kechgan o‘sha jangda ochkolar hisobida oldinda bora turib, so‘nggi soniyalarda texnik nokaut evaziga alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi. Otabek aynan Ford bilan revansh jangini o‘tkazish niyatida.

Ma’lumot o‘rnida, Bahodir Jalolov prof faoliyati davomida hozirga qadar 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. So‘nggi jangini 2023 yil 17 noyabr kuni Toshkentda JAR vakili Kris Tompsonga qarshi o‘tkazib, ilk raunddayoq nokaut orqali zafar quchgandi. Uning bo‘lajak raqibi Devid Spilmont esa shu kungacha 25 ta jang o‘tkazib, 16 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. G‘alabalarining 11 tasini nokaut orqali qo‘lga kiritgan.

Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!