Bahodir Jalolov Kamshibek Konkabaev bilan finalda to‘qnash kelmaydi, mutaxassislar bu borada nima deydi?

  • 4 may, 2023, 14:35
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida deyarli barcha Kunkabaev – Jalolov qarama-qarshiligini kutmoqda. O‘ziga xos printsipiallikka ega bu bahs borasida turli fikrlar bildirilmoqda. Biz ularning eng so‘nggilarini e’tiboringizga havola etamiz.

Qozog‘iston boks terma jamoasining sobiq ustozi – Qayrat Satjanov xorij nashrlari uchun bergan intervyusida, jahon chempionatida sodir bo‘lishi kutilayotgan super to‘qnashuv Jalolov – Kunkabaev qarama-qarshiligi borasida fikr bildirdi.

251439_abd0bbaba2cb24d98d09fb6a3e2206b2

“Boksda barchasini birgina zarba hal etib qo‘yishi mumkin. Boz ustiga, bu og‘ir vazndagi jangchilar o‘rtasidagi qarama-qarshilik! Ayni damda, Jalolov g‘alabaga yaqinroqdek ko‘rinmoqda, ammo Kamshibek ham juda tajribali. Ko‘p narsa bu jangga ularni qanday taktik tayyorgarlik bilan kelishiga bog‘liq. Kunkabaev Bahodirga nisbatan tezroq. Agar to‘g‘ri taktika tanlay olsa, unda g‘alaba qozonish imkoniyati mavjud”, - dedi Qayrat Satjanov.

Bu qarama-qarshilik borasida taniqli boks jurnalistlarining fikri bilan ham qiziqdik. Birinchilardan bo‘lib, taniqli ingliz boks murabbiyi va jurnalisti - Teylor O'Xiggins bildirgan fikrga quloq tutamiz:

photo_2023-05-04_14-27-56

“Hozirda Bahodir Jalolov to‘liq sport formasida ekanligini va jangda faqatgina bir tomonning ustunligini ko‘ryapman. Jalolov Kunkabaevdan kuchli ekanligini bir necha marotaba isbotlab kelgan. Va ular o‘rtasidagi navbatdagi jangda ham boshqacha bo‘lishini kutmayapman.”

Shuningdek, SPORTS.uz sayti jurnalisti – Jalol Ahmedov ham bu klassik to‘qnashuv borasida o‘z prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Jalolovda imkoniyat anchagina yaxshiroq:

photo_2023-05-04_14-28-06

“Bahodir Jalolov uchun hozirgi vaqtdagi eng nomdor va muhlislar uchun ham eng kutilgan raqib - Kamshibek hisoblanadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, ular o‘z raqiblarini mag‘lub etgan holda chorak finalda, ancha erta to‘qnash kelishi mumkinligi biroz achinarli. 

Albatta bu potentsial jangda Jalolovning imkoniyatini yuqori baholagan bo‘lardim. U muntazam aktiv janglarda ishtirok etdi. Kamshibekda esa biroz tanaffus bo‘lgani uning holatiga ta’sir qilgan bo‘lishi kerak, ehtimol. Imkoniyat 60/40 Jalolov tomonda ko‘proq.”

Lou DiBellla - "DiBellla entertainment" professional boks promouterlik kompaniyasi rahbari (AQSh)

photo_2023-05-04_14-28-11

 Ular turnirning eng zo‘r ikki og‘ir vaznli hamda dunyoning ikki eng iqtidorli yirik jangchilaridir. Siz allaqachon meni taxminimni bilasiz. "Big Uzbek" [Bahodir Jalolov] yana jahon chempionligini qo‘lga kiritadi. U o‘z vatanida yurtdoshlarini hafa qilmaydi. O‘zbekiston g‘alaba uchun!

Jeyk Donovan - jurnalisti (AQSh)

photo_2023-05-04_14-28-15

"Afsuski, Jalolov-Kunkabaev qarama-qarshiligi jahon chempionati oltin medali uchun emas, chorak finaldayoq bo‘lishi kutilmoqda (agarda ular o‘z raqiblarini mag‘lub etsa). Kunkabaevga nisbatan hurmatsizlik qilmoqchi emasman, ammo men shunchaki havaskor boksda hozir Jalolovni mag‘lub etadigan bokschi borligiga ishonmayman. Xabarimiz bor, Kamshibek ham Jalolov ustidan bir necha marotaba g‘alaba qozongan, lekin bunga ancha vaqt bo‘ldi. Mening fikrimcha, Jalolov dunyoning eng kuchli og‘ir vaznli bokschisi va chorak finaldagi bo‘lajak jangda uning g‘alabasini kutmoqdaman"

Sizningcha bu to‘qnashuvda kimni qo‘li baland keladi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!