
Bahodir Jalolovdan engilgan bokschi revansh so‘ramoqda!
Avstraliyalik bokschi Teremoana Junior (5:0, 5 KO) hamyurtimiz Bahodir Jalolov (14:0, 14 KO) bilan revansh jangini o‘tkazishni istamoqda. Bu haqda "Sports.kz" xabar berdi.
Teremoana va Jalolov 2024 yilda Parij Olimpiadasining chorak finalida to‘qnash kelishgan. Jang 5:0 hisobida Bahodir foydasiga hal bo‘lgandi, biroq, avstraliyalik "Katta o‘zbek"ning g‘alabasini hali ham bahsli deb hisoblamoqda:
"Qasos olishni xohlayman, chunki Olimpiadadagi g‘alaba meniki edi. Menga bir oz vaqt bering va biz albatta professional boksda to‘qnash kelamiz. Buni intiqlik bilan kutaman" - dedi Teremoana "Boxing News" nashriga.
Eslatib o‘tamiz, har ikki bokschi ham tez orada navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Teremoana Junior 8 yanvar kuni germaniyalik Osasu Otobo (11-1-1, 5 KO) bilan, Bahodir Jalolov esa 6 fevral kuni Frantsiya vakili David Spilmont(16-8-1, 11 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar