
Bahodir Jalolovdan yorqin g‘alaba!
Xabaringiz bor, "Humo Arena" sport majmuasida professional boks kechasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 8 nafar hamyurtimiz o‘z janglarini o‘tkazyapti.
Navbatdagi jangda "BIG Uzbek" laqabi bilan tanilgan Bahodir Jalolov ringga ko‘tarildi. Unga Latviya vakili Kristaps Zuits raqiblik qildi. Kutilganidek, to‘qnashuv hamyurtimizning katta ustunligi ostida kechdi va Jalolov nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
Shunday qilib, Bahodir professional boksdagi 8-janggida ham g‘alaba qozondi.
Fikrlar