Bahrayn-2025: Taekvondochimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahrayn davlatining Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Yosh taekvondochilarimiz ham delegatsiyamizga medallar taqdim etishni boshlashdi. Yigitlar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida jang qilgan Ahadjon Muxtorov finalda Qozog‘iston vakilini mag‘lub etib, mamlakatimizga navbatdagi oltin medalni yozdirib qo‘ydi.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar