
Balotelliga Braziliya klubidan taklif bor, ammo u Evropada qolmoqchi
Braziliyaning “Vasko da Gama” klubi italiyalik hujumchi Mario Balotellini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, Rio-de-Janeyro shahri jamoasi 30 yoshli futbolchiga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Balotelli esa muzokaralarni yanvardan keyin boshlamoqchi. Boisi, u hamon Evropa klublaridan taklif tushishini kutmoqda.
Mario ayni damda erkin agent hisoblanadi. Uning so‘nggi jamoasi “Breshiya” klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar