"Barchasi uchun rahmat, Xurshid" - OKMK G'iyosov bilan xayrlashdi

  • 28.12.2025 15:49
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

OKMK klubi Xurshid G‘iyosov bilan xayrlashdi.

"Barchasi uchun rahmat, Xurshid!

OKMK FK jamoasi va yarim himoyachi Xurshid G‘iyosov o‘rtasida o‘zaro tuzilgan shartnoma muddati yakuniga yetgani munosabati bilan futbolchi klubni tark etdi.

2022 yildan buyon OKMK FK sharafini munosib himoya qilib kelgan sobiq yarim himoyachimiz Xurshid G‘iyosov o‘zining boy tajribasi, fidoyiligi va yetakchilik fazilatlari bilan jamoada alohida o‘rin egalladi. Ushbu davr mobaynida u 135 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol va 37 ta golli uzatma muallifi sifatida klub tarixida o‘ziga xos iz qoldirdi.

OKMK FK Xurshid G‘iyosovga klub rivoji yo‘lida qo‘shgan beqiyos hissasi, fidokorona mehnati va sadoqati uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi hamda kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi", - deyiladi xabarda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!