"Barsа" 102 yillik rekordni yangiladi
«Barselona» Chempionlar ligasida safarda «Galatasaroy» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi – 4:1.
Kataloniya klubi uchun bu natija joriy mavsum boshidan beri ketma-ket o‘ninchi g‘alaba bo‘ldi. Jurnalist MisterChip ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» barcha musobaqalarda mavsumni 10 ta g‘alaba bilan boshlash bo‘yicha 102 yillik rekordni yangiladi.
Xans-Diter Flik shogirdlariga Joau Kanselu, Fermin Lopes, Entoni Gordon va Karim Adeemi urgan gollar g‘alaba olib keldi.
La Ligada «Barselona» 8 turdan so‘ng 24 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Shanba kuni amaldagi chempionlar navbatdagi tur doirasida safarda «Betis»ga qarshi maydonga tushishadi.

Fikrlar