Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsа" yangi transferni e'lon qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uch yillik shartnoma imzolandi

«Barselona» yangi markaziy himoyachi bilan kelishuvga erishdi. Kataloniya klubi tarkibi 16 yoshli Mikael Baza bilan to‘ldiriladi. Bu haqida sport jurnalisti Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, bitim barcha jihatlari bilan kelishib bo‘lingan. Tomonlar o‘rtasida uch yillik shartnoma tuziladi.

Mikael Baza avval «Gamburg» tarkibida to‘p surgan. U zamonaviy futbolda eng istiqbolli yosh himoyachilardan biri sifatida qayd etiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q