Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Barsа" Al’varеzsni olishning yangi usulini topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu reja ish beradimi?

«Atletiko» (Madrid) hujumchisi Xulian Al’vares yaqin vaqtlarda «Barselona» safini to‘ldirishi mumkin. Bu haqida Fichajes nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumoticha, «Barselona» Al’varesni qo‘lga kiritish uchun almashuv variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Kataloniya klubi «matraschilar»ga Frenki de Yong, Alehandro Bal’de yoki Dani Ol’mоni taklif qilishi mumkinligi aytilmoqda. Shu bilan birga, hozircha bu borada rasmiy muzokaralar boshlanmagani ta’kidlanadi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» yozgi transfer oynasining o‘zidayoq Al’varesni sotib olishga urinган, ammo «Atletiko» jamoaning yetakchi futbolchisini sotishdan bosh tortgan edi.

Joriy mavsumda 26 yoshli argentinalik forvard barcha musobaqalar doirasida to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, bir golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q