“Barsa” Anchelottining kamchiliklarini ochib tashladi!

  • 28.10.2024 15:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining 11-turida “Real” o‘z maydonida “Barselona”dan 0:4 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.

Bu mag‘lubiyat klub rahbariyatida italiyalik bosh murabbiy Karlo Anchelottiga qarshi mutasaddilar borligini ko‘rsatib qo‘ydi.

Anchelotti madridliklarga Ispaniya va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibligini olib berganiga qaramay, uning ketishini talab qiladiganlar ham chiqmoqda.

Relevo nashri “Qirollik klubi”ning bir necha mulozimlari Anchelottining ish uslubiga qarshi chiqmoqda. Manbaga ko‘ra, ularga jamoaning kun tartibi, murabbiyning yosh o‘yinchilar, xususan, jamoadan ketish payiga tushib qolgan Arda Gyulerga ishonch bildirmayotgani yoqmayapti.

Rahbariyatdagilar tajribali murabbiyning o‘tgan yillardagi muvaffaqiyatlariga qaramay, endi o‘z lavozimini topshirish vaqti kelganini ta’kidlayapti.

Anchelotti — Evropa Chempionlar ligasida besh marotaba (ikki marta “Milan” va uch marotaba “Real” bilan) yutgan yagona murabbiy hisoblanadi. Bundan tashqari, italiyalik mutaxassis o‘z jamoalarini Evropa Chempionlar ligasining finaliga olti marotaba (2003, 2005, 2007, 2014, 2022, 2024 yillar) olib chiqib, o‘ziga xos rekord o‘rnatgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!