Barsa: Birortang qaytib kelma!
Qatorasiga ikkinchi marta Ispaniya chempionligiga yaqinlashib kelayotgan “Barselona” boshqa jamoalarda ijara asosida o‘ynayotgan barcha futbolchilar bo‘yicha bir qarorga keldi.
Kataloniya grandi asosiy tarkibga kira olmagan bir necha futbolchilarini boshqa klublarga ijara bergan edi. Xususan, tajribali darvozabon Mark-Andre ter Shtegen “Jirona”ga, Ansu Fati “Monako”ga, Aron Yakobishvili “Andorra”ga, Inyaki Penya va Ektor Fort “Elche”ga yuborilgan.
Diario Sport nashrining ma’lum qilishicha, Hans-Diter Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabi bu futbolchilarni kelasi mavsum rejasiga kiritmagan.
Deku rahbarligidagi sport bo‘limi, besh nafar o‘yinchi ijara muddati tugab, klubga qaytganidan keyin ularni sotib yuborish uchun transferga qo‘yadi va tushadigan takliflarni o‘rganib chqadi.
Hozircha, “Barsa” o‘yinchilarini ijara olgan klublar o‘rtasida faqatgina “Monako” hujumkor futbolchi Ansu Fatini to‘liq transfer qilish punktini faollashtirmoqchi ekanini bildirgan. Qolgan futbolchilarga jamoa topish talab etiladi.
Fikrlar