"Barsa" "Chelsi"ning yosh yulduziga ko‘z tikdi
Yaxshi hujumchi topildi
Londonning «Chelsi» jamoasida o‘ynayotgan yosh vinger Estevao Villian yaqin vaqtlarda «Barselona» futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqida El Nacional nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya klubi 19 yoshli braziliyalik futbolchini qishki transfer oynasidan foydalanib o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «Barselona»ning sport direktori Deku Estevaoning holatini yaqinidan kuzatib bormoqda va tez orada uning vakillari bilan aloqaga chiqishi mumkin. Sababi, Xabi Alonso qo‘l ostida «Chelsi»da vingerga o‘yin amaliyoti kam berilayapti.
Joriy mavsumda Estevao barcha musobaqalarni hisobga olgan holda maydonga bor-yo‘g‘i besh marta tushgan va hali gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmagan.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, yosh hujumchining transfer qiymati 80 million evroni tashkil etadi.

Izohlar (0)