"Barsa"dan "Real" hujumchisini olishni so'rashgan ekan
Kataloniyaliklar uning iste’dodini payqamay qolgan
«Real»ning yosh hujumchisi Karlos Espi Madrid klubiga o‘tishidan oldin «Barselona» safiga qo‘shilishi mumkin edi.
Carrusel Deportivo nashri ma’lumoticha, o‘tgan yozda «Barselona»ga «Levante» tarkibida to‘p surgan Espini 25 million yevro evaziga sotib olish taklifi tushgan. Biroq kataloniyaliklar bu variantdan voz kechgan. Klub rahbariyati bu miqdor zaxirada o‘ynaydigan futbolchi uchun juda katta summa, deb hisoblagan.
Shuningdek, «Barselona» tarkibida allaqachon yosh hujumchi Hamza Abdelkarim borligi ham qarorga ta’sir qilgan.
Natijada yozgi transfer oynasida Espi «Real»ga o‘tdi. Madrid klubi ham futbolchi uchun 25 million yevro to‘ladi.
Joriy mavsumda 21 yoshli Karlos Espi barcha musobaqalar hisobida beshta o‘yinda maydonga tushib, ikki bor gol urdi.
Izohlar (0)