“Barsa”: Endi bu yulduz kerakmas!
Germaniyalik tajribali darvozabon Mark-Andre ter Shtegen endi Kataloniyaning “Barselona” klubiga kerak emas.
Marca nashri jurnalistlarining ma'lum qilishicha, “ko‘k-anorranglilar” yozgi transfer oynasida futbolchi bilan xayrlashishga qaror qilgan.
Qayd etilishicha, 34 yoshli darvozabonning transfer qiymati to‘rt million yevro deb baholanmoqda.
O‘tgan mavsumda ter Shtegen ijarada “Jirona” safida o‘ynagan va jamoasini La Ligadan chiqib ketdi. Klub chempionatni oxiridan ikkinchi o‘rinda yakunlagan.
Mark-Andre Ispaniya chempionatida “Jirona” uchun atigi ikki uchrashuvda maydonga tushdi. Nemis darvozaboni ikki gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar