“Barsa” Flik bo‘yicha muhim qarorga keldi
“Barselona” rahbariyati va klubning sport direktori Deku bosh murabbiy Xans-Diter Flik kelasi mavsumni bor-yo‘g‘i bir yillik shartnoma bilan boshlashini istamaydi.
Shu bois, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati nemis murabbiyining shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi.
Bu haqda Sport.es va Bild kabi nufuzli manbalar xabar bermoqda.
Una ko‘ra, “Barselona” nemis mutaxassis bilan shartnomani yana bir yilga, ya’ni 2028 yilning yozigacha uzaytirishni xohlamoqda.
Qayd etilishicha, 60 yoshli murabbiy uzoqroq muddatga shartnoma imzolashga tayyor emas. Kataloniya klubi ichida ma’lum darajada bosim borligiga qaramay, Flik o‘zini bu erda baxtiyor his qilmoqda.
Flik “Barselona”ni 2024 yilning yozidan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogida g‘olib chiqdi.
Fikrlar