“Barsa” futbolchilariga ter Shtegenning “qiliqlari” yoqmayapti

  • 07.08.2025 07:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” rahbariyati va asosiy darvozabon Mark-Andre ter Shtegen o‘rtasidagi munosabat tobora ziddiyatli tus olmoqda.

Germaniyalik posbon jarohati tufayli to‘rt oy davolanishi zarurligi ko‘rsatilgan tibbiy xulosani imzolamagani kataloniyaliklarga yangi darvozabon  Joan Garsiyani La Liga ro‘yxatidan o‘tkazishga to‘sqinlik qilmoqda.

“Barselona” o‘yinchilari ter Shtegenning bu ishini qoralayapti. Futbolchilarning aksariyati yuzaga kelgan vaziyatda o‘z sardorlari bo‘lgan Mark-Andreni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan edi.

Biroq 33 yoshli golkiper jamoaga ziyon keltiradigan qaror qabul qilganidan keyin qolgan “barsachilar”ning ham bu masala bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!