Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa" himoyachi bilan xayrlashadi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Hozircha u kerak emas

«Barselona» jamoasida himoya chizigʻida toʻp surib kelaotgan Alehandro Balde qishki transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. Bu haqida Diario SPORT nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, agar Baldening oʻyin amaliyoti yaqin oylarda oshmasa, u yanvar oyida jamoani vaqtincha tark etishi ehtimoli katta. 

«Barselona» himoyachini ijarga berish variantini koʻrib chiqmoqda. Klub rahbariyatining fikricha, bunday qaror futbolchiga muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻlib, sport formasini tiklash va kelasi yozda uning kelajagiga oid yakuniy qaror qabul qilishga yordam beradi.

Joriy mavsumda 22 yoshli Balde Ispaniya chempionatida faqat bitta oʻyinda maydonga tushdi va samarali harakatlar (gol yoki golli pas) bilan ajralib turmadi.

Yosh ispaniyalik himoyachining «sinegranatlilar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning oʻrtalarigacha moʻljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q