“Barsa” himoyachisini Angliyaning uch klubi talashyapti
“Barselona” klubining eng mohir himoyachilaridan biri Alekhandro Balde faoliyatini jahon futbolining eng murakkab ligasi – Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Mundo Deportivo ma'lumotiga ko‘ra, iqtidorli o‘yinchiga “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti” va “Aston Villa” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Hozircha rasmiy takliflar kelib tushmagan bo‘lsa-da, ingliz klublari transfer imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. Alekhandro Baldening o‘zi “Barselona”da qolishni istaydi.
Uning agenti Jorje Mendes ham himoyachi moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, klubni tark etmasligini tasdiqladi.
Alekhandro Balde “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u 34 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta assist qayd etdi.
Fikrlar