“Barsa” hujumga meni olsin!

  • 06.04.2026 06:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bundesligadagi iqtidorlardan biri – “Hoffenhaym” jamoasi hujumchisi Fisnik Asllani “Barselona”da o‘ynashni orzu qilishini tan oldi.

Avvalroq ishonchli manbalar xabar berganidek, Kataloniya grandi 23 yoshli futbolchini transfer qilish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

- “Barselona”da o‘ynash har doim mening eng katta orzum bo‘lgan. Bolaligimda “Barsa” futbolkasini kiyib o‘ynaganman. Bu mening birinchi futbol formam edi va o‘shandan beri doim shu klubda o‘ynashni istagandim.

Bu hech qachon o‘zgarmagan.

Bilaman, oldinda uzoq yo‘l bor, lekin aniq maqsadlarga ega bo‘lish muhim, deb hisoblayman, bu meni rag‘batlantiradi, — dedi Asllani.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, forvardning qiymati 30 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!