"Barsа" jahon chempionatining ikki karra sovrindorini transfer qildi
Kataloniyaliklar xursand
«Fenerbaxche» darvozaboni Dominik Livakovich faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi.
Ma’lumotlarga koʻra, ispaniyaliklar 31 yoshli darvozabon uchun ikki million yevro toʻlaydi, yana ikki million yevro esa turli bonuslar koʻrinishida berilishi rejalashtirilgan.
Manbalarga koʻra, yaqin kunlarda Livakovich boshqa jamoaga ijaraga beriladi. Keyingi yozdan esa Voytsekh Shchensni jamoani tark etganidan soʻng «Barselona»ning zahira darvozaboniga aylanishi kutilmoqda.
Dominik Livakovich professional karyerasi davomida Xorvatiyaning «Zagreb» va «Dinamo» (Zagreb), Turkiyaning «Fenerbaxche», shuningdek, Ispaniyaning «Jirona» klublarida toʻp surgan. U Xorvatiya terma jamoasi tarkibida ikki bor jahon chempionati sovrindori boʻlgan: 2018 yilda kumush, 2022 yilda esa bronza medallarini qoʻlga kiritgan.

Izohlar (0)