“Barsa” ko‘p gol urayotgan hujumchisini sotib yuboradi
Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Barselona” hujumchisi Ferran Torres katta ehtimol bilan yozgi transfer oynasida sotib yuboriladi.
Kataloniya klubi, avval ham xabar qilingandek, Robert Levandovski bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Polshalik futbolchisi klubda qolish uchun zahira oʻyinchisi maqomini olishga rozi, asosiy hujumchi vazifasiga boshqa forvard taklif etiladi.
“Barselona” rahbariyati uch nafar hujumchiga ehtiyoj yoʻq, deb hisoblanmoqda, shuning uchun Torres sotuvga qoʻyiladi.
Sport nashrining yozishicha, klub rahbariyati yakuniy qarorni yaqin haftalar ichida qabul qiladi.
Ferran Torres joriy mavsumda barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda 16 ta gol urgan va “Barsa”ning asosiy toʻpurarlaridan biri hisoblanadi. Biroq u yanvar oxiridan buyon “koʻk-anorranglilar” safida gol urmayapti, bu esa unga barqarorlik yetishmayotganidan dalolat beradi.
Transfermarkt portali ekspertlari bahosiga koʻra, 26 yoshli hujumchining futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar