“Barsa” Levandovski va Reshford bo‘yicha kutilmagan qarorga keldi

  • 05.12.2025 16:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” rahbariyati jamoaning ikki hujumchisi – 37 yoshli hujumchisi Robert Levandovski va 27 yoshli Markus Reshford kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi.

Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar polshalik forvard bilan 30 iyunda yakunlanadigan amaldagi shartnomani uzaytirmaydi.

Shuningdek, “Manchester Yunayted”dan ijaraga olingan qanot hujumchisi Markus Reshford ham Angliyaga qaytarib yuboriladi.

Bosh murabbiy Xans-Diter Flik klub bu ikki hujumchi o‘rniga  yozgi transferlar oynasi davrida markaziy himoya pozitsiyasini kuchaytirib berishini istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Levandovski 2022 yilning yozidan buyon “Barselona”da to‘p surmoqda. Bu davr ichida hujumchi barcha turnirlarda 162 ta o‘yinda ishtirok etib, 109 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Reshford esa, 18 ta o‘yinda oltita gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!