“Barsa” mashhur futbolchining 16 yoshli amakivachchasini oldi

  • 02.09.2026 19:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” klubi “Gamburg” jamoasi bilan 16 yoshli markaziy himoyachi Mikael Bazaning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqida Sky Sport Germany xabar berdi.

Kataloniya klubi yangi o‘yinchi bilan 2029 yilgacha shartnoma tuzadi. Futbolchining yoshi sababli “Barselona” undan uzoqroq muddatga shartnoma rasmiylashtira olmaydi.

Tibbiy ko‘rik va hujjatlarni imzolash jarayoni tez orada amalga oshiriladi.

Baza transferidan keyin “Barselona”ning U-19 jamoasi va “Barselona B” tarkibida o‘ynaydi. Klubda yosh himoyachini asosiy jamoa darajasiga bosqichma-bosqich tayyorlash rejalashtirilgan.

Transferning moliyaviy shartlari hozircha oshkor qilinmagan.

Mundo Deportivo nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Gamburg” dastlab futbolchi uchun 250 ming yevro va qo‘shimcha bonuslar olishni rejalashtirgan, “Barselona” esa bu summani kamaytirishga harakat qilgan.

Baza “Bavariya” klubi va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Jonatan Taning amakivachchasi hisoblanadi.

16 yoshli futbolchi chapaqay markaziy himoyachi, bo‘yi 1,93 metr. U o‘tgan mavsumda “Gamburg”ning U-17 va U-19 jamoalari safida 17 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol ham urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!