“Barsa” mashhur yulduzdan yuz oʻgirdi

  • 12.04.2026 18:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” rahbariyati Italiya chempionatida “Milan” sharafini himoya qilib kelayotgan portugaliyalik hujumchi Rafael Leauni transfer qilmaydigan bo‘ldi.

Diario SPORT nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklarga bu futbolchini asl narxidan uch baravar arzonlashtirilgan summada transfer qilish taklifi berilgan edi. Biroq “Barselona” Leau xizmatlariga endi qiziqish bildirmayapti.

Kataloniya klubidagilar jamoada yetarlicha qanot hujumchilari bor, deb hisoblamoqda va  shu sababli Leauga ehtiyoj yo‘q.

Leauning “Milan” murabbiylar shtabi bilan munosabatlari ko‘ngildagidek emas. Shu bois, milanliklar bu o‘yinchidan tezroq qutilish yo‘llarini qidirmoqda.

Joriy mavsumda 26 yoshli portugaliyalik futbolchi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘n marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan va ikki marta golli uzatma bergan.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Leauning bozor qiymati 65 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!