“Barsa”, men ikki yuz million yevro turaman!
"Atletiko"da oʻynayotgan argentinalik mashhur hujumchi Xulian Alʼvares oʻziga qiziqish bildirayotgan “Barselona”ga uning transfer qiymati 200 million yevro ekanini maʼlum qildi.
Bu haqida The Touchline va Sport nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Atletiko” rahbariyati kataloniyaliklar jiddiy qiziqish bildirayotgan futbolchini aynan shu miqdorda baholamoqda. Bu juda katta summa hisoblanadi.
Hozircha eng qimmat transfer 2017 yilda “Barselona”dan “Pari Sen-Jermen”ga 222 million yevro evaziga oʻtgan Neymarga tegishli.
2025-2026 yildgi mavsumda Alʼvares barcha turnirlarda 47 ta oʻyinda ishtirok etib, 19 ta gol va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Uning “Atletiko Madrid” bilan shartnomasi 2030 yil oʻrtalariga qadar amal qiladi.

Fikrlar