"Barsa" muxlislari uchun noxush xabar! Dembele yana jarohat oldi

"Barselona" futbolchisi Usmon Dembele yana jarohat orttirib oldi. U 25-daqiqadan so‘ng zaxiraga olindi. Uning o‘rniga maydonga tushgan Pedri "Barsa"ning "Jirona"ga qarshi hozircha yagona bo‘lib turgan golini kiritdi. 

Ispaniyaning "AdriaAlbets" nashrining xabar berishicha, futbolchining jarohati jiddiy emas. U zaxiraga olingandan so‘ng darhol lazaretga borishni so‘ramagan va o‘yinni maydon tashqarisidan xotirjam kuzatib borishni so‘ragan. 

Ma’lumot o‘rnida, Dembele joriy mavsum ajoyib o‘yin namoyish etyapti. U La Liga doirasidagi 17 bahsda 5 gol va 5 assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!