“Barsa” o‘yinni kuchaytiradigan futbolchi topdi. U “Real” taklifini rad etgandi

  • 13 aprel, 2024, 12:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati yozda tarkibni mustahkamlash borasida ish olib bormoqda. Kataloniyaliklarga o‘yinni sezilarli darajada kuchaytira oladigan ijrochi kerak.

Tecno

Sport.es saytining yozishicha, “Barselona” mutasaddilari “Atletik” futbolchisi Niko Uilyams transferi bo‘yicha ish boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bilbaoliklar o‘z o‘yinchisiga taklif ko‘p bo‘lishini bilgan holda 2023 yilning dekabrida 21 yoshli yarim himoyachining badal pulini yangiladi va uni 50 million evro qilib belgiladi.

Manbaning ta’kidlashicha, Niko Uilyams qadrdon jamoasidan ketishga shoshilmayapti. U kelasi mavsum “Atletik” safida Evrokuboklarda qatnashmoqchi.

Kataloniyaliklar agar yozda uni “Barselona”ga kelishga ko‘ndira olmasa, transfer 2025 yilning yoziga qoldiriladi.

Niko Uilyams qishki transferlar vaqtida “Real” taklifini qabul qilmasdan, Bilbaoda qolishni ma’qul topgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!