Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsа" qishda PSJ himoyachisini sotib olmoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kataloniyaliklar mudofaani kuchaytirishga kirishdi

RugeTV xabariga koʻra, «Barselona» qishki transfer oynasidan foydalanib, 25 yoshli ekvadorlik markaziy himoyachi Villian Pachoni qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Hozirda u «PSJ» sharafini himoya qilmoqda.

Maʼlumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar Pachoni Pau Kubarsi uchun eng maqbul sherik deb hisoblamoqda va uning transferi uchun taxminan 80 million yevro taklif qilishga tayyor. Birinchi rasmiy taklif yanvar oyida yoʻllanishi kutilmoqda. Agar muzokaralar kutilganidek natija bermasa, «Barselona» yozda yana bir bor urinib koʻrishni rejalashtirgan.

Villian Pachoning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha moʻljallangan. U yaqinda parijliklar bilan kelishuvini uzaytirgan edi. Pacho 2024 yilda «Ayntraxht»dan «PSJ»ga oʻtgan va joriy mavsumda klub tarkibida 10 ta oʻyin oʻtkazgan. U hozircha gol yoki golli pas bilan ajralib turmagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q