“Barsa” raqibga futbolchi jo‘natyapti
“Barselona” mutasaddilari kelasi mavsumda bosh murabbiy Xavi ishonch bildirmaydigan o‘yinchilarga boshqa ish topib berishni boshlab yubordi.
Xususan, kataloniyaliklar ameriklik himoyachi Serjino Destni Ispaniya chempionatining boshqa vakili – “Valensiya”ga taklif qildi.
Shuningdek, “Barselona” rahbariyati “Valensiya”dagi chap qanot himoyachisi Xose Gayyani olishni rejalashtirmoqda.
Transferga pul to‘lamaslik uchun Xavi o‘ziga kerak bo‘lmagan yana ikki shogirdi – hujumchi Martin Breytueyt va yarim himoyachi Riki Putchni ham raqibga berishga tayyor.
Fikrlar