“Barsa” Reshfordni olishga rozi, faqat...
“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa hujumchisi Markus Reshford bilan xayrlashishini ma’lum qilgan.
27 yoshli forvard o‘ziga yangi jamoa topishi kerak. Saudiya Arabistonining kamida beshta klubi unga ish berishga tayyor. Biroq Markus hali Evropada o‘ynamoqchi.
Sekin-asta grand klublardan xaridorlar chiqa boshladi. “Barselona” Reshfordni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Kataloniyaliklar yaqin kelajakda 36 yoshli Robert Levandovskining o‘rnini bosadigan hujumchi qidiryapti.
Sport.es saytining yozishicha, “Barselona” Reshfordni jamoaga qabul qilishi uchun futbolchi maoshining pasaytirilishiga rozilik berishi kerak. “Barsa” bir necha yillardan beri moliyaviy qiyinchiliklarni bilan kurashib kelmoqda.
Reshford Angliya Premer-ligasida eng katta maosh oladigan o‘yinchilardan. Manchesterliklar unga haftasiga 365 ming funt to‘laydi. Bu summani kataloniyaliklar ko‘tara olmaydi.
Fikrlar