"Barsa" "Siti"dan oʻyinchi kutyapti
Jamoani kuchaytirish kerak
«Manchester Siti» tarkibida to‘p surayotgan chap qanot himoyachisi Ryan Ait-Nuri «Barselona» skautlari diqqat markaziga tushdi.
Kataloniya klubi 25 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida olib kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar bermoqda Sport nashri. «Manchester Siti» jazoirlik futbolchini ijaraga berishga tayyor, ammo shartnomaga majburiy sotib olish bandini kiritishni istamoqda.
Aynan shu talab «Barselona» rahbariyatini ikkilantirib qo‘yishi mumkin. Yakuniy qaror esa jamoa himoyachisi Alejandro Baldening ehtimoliy sotilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Transfermarkt portali Ait-Nurining bozor qiymatini 35 million yevro atrofida baholamoqda. Joriy mavsumda u Enzo Mareski boshqaruvidagi jamoa safida bor-yo‘g‘i to‘rtta o‘yinda maydonga tushgan, shunga qaramay, uchta golli uzatma amalga oshirishga ulgurgan.
Izohlar (0)