Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Barsa" "Siti" himoyachisini transfer qilmoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 2

Evropa grandlari bu futbolchi uchun kurashga tayyor

Yevropaning yetakchi klublari «Manchester Siti» tarkibida to‘p surib kelayotgan himoyachi Rayan Ait-Nuri uchun raqobatga kirishishi kutilmoqda.

Ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, hozirda futbolchi xizmatlariga «Barselona» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Bundan avvalroq Ait-Nurini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida «Manchester Yunayted» ham borligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Himoyachining «Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevro atrofida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rayan Ait-Nuri 2025 yili «Vulverxempton» klubidan «Manchester Siti»ga o‘tgan. Undan oldin futbolchi bir necha mavsum davomida «Vulverxempton» sharafini himoya qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q