Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Barsa" sobiq hujumchisidan pul kutyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

O‘zi yo‘q, izi bor

«Palmeiras» safida to‘p surib kelayotgan «Barselona»ning sobiq hujumchisi Vitor Roke yaqin vaqtlar ichida «Everton» jamoasiga o‘tishi mumkin.

Diario SPORT nashrining yozishicha, braziliyalik futbolchi sotilgandan so‘ng ham «Barselona» uning transfer huquqlarining 20 foizini o‘zinikida saqlab qolgan. Hozircha Rokega jiddiy qiziqish bildirayotgan klublar orasida Angliyaning «Everton» jamoasi alohida tilga olinmoqda. 

Liverpullliklar hujumchini taxminan 50 million yevro atrofidagi summaga sotib olishi mumkin. Agar bitim shu miqdorda amalga oshsa, ispaniyalik klubga 10 million yevro tushadi.

Vitor Roke 2024–2025 yillar davomida «Barselona» sharafini himoya qilgan. Kataloniya klubi tarkibida u 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda braziliyalik forvardning bozor qiymati 38 million yevroni tashkil etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q