
“Barsa” superdarvozabonni tarkibdan yo‘qotishiga uchta sabab chiqdi
“Barselona” rahbariyati oxirgi bir nechta mavsum davomida jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lib kelgan Mark-Andre ter Shtegenni sotib yuborishga qaror qildi.
Klub mutasaddilari kutilmagan qaror kelishi sabablari oydinlashdi.
Sport.es saytining yozishicha, Mark-Andre ter Shtegen bosh murabbiy Xans-Diter Flik uni Chempionlar ligasining “Inter”ga qarshi o‘tkazgan yarim finaldagi javob uchrashuvida asosiy tarkibga qo‘ymasligini bilib, jamoa bilan Milanga uchmagan.
Ter Shtegen muhis uchrashuv payti Barselonada qolib, individual mashg‘ulot o‘tkazishni ma’qul ko‘rgan. Jamoa sardorining bunaqa qilishi uning jamoadoshlariga yoqmagan va ichki muhitda bosimni yuzaga keltirgan.
Bundan tashqari, “Barselona” murabbiylar shtabi 33 yoshli golkiper tizzasidan olgan og‘ir jarohatdan keyin yuqori sport formasini taklab olishiga ishonmayapti.
Uchinchi sabab sifatida klub katta xizmat haqi oladigan darvozabonni sotib yuborish orqali maoshlar fondini qisqartirishga erishmoqchi.
2014 yildan beri jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan germaniyalik darvozabonning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha davom etishi belgilab qo‘yilgan.
Fikrlar