“Barsa” Yamalning “qiliqlari”dan tashvishda
“Barselona” rahbariyati jamoaning bugungi kundagi eng yorqin o‘yinchisi Lamin Yamalning futboldan tashqaridagi hayot tarzi tufayli jiddiy tashvishga tushib qoldi.
Bu haqda Cadena Ser hamda El Larguero kabi nufuzli manbalar ma’lumot chiqardi.
- Lamin Yamalning kundalik turmush tarzi klubda bezovtalik uyg‘otmoqda. Hozircha, vahima qilishning keragi yo‘q, lekin klubga so‘nggi oylarda futbolchi atrofida yuz berayotgan voqealar yoqmayapti. “Barselona”ga Lmin Yamalning xulqi, o‘zini tutishi va hayot tarzi yoqmayapti, - dedi jurnalist Manu Karreno.
Manbaga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi ziyofatlar uyushtirishga berilib ketgan. Bundan tashqari, klub sport direktori Deku PSJ bilan o‘yin oldidan jamoa yig‘ilishiga kech kelgan Yamalni tarkibdan chiqarmasli gini so‘rab, bosh murabbiy Xans-Diter Flik oldida bosh egishiga to‘g‘ri keldi.



Fikrlar